O‘zbekiston Musulmonlar idorasi onlayn tarzda dindan saboq berishni boshlaydi

© muslim.uzHazrati imom masjididagi Hayit namozi
Hazrati imom masjididagi Hayit namozi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agar Sizda mavzu yuzasidan qandaydir savollar bo‘lsa, ularni oldindan telegramdagi "@MuslimUzAdmin1Bot"ga yuborishingiz yoki dars jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri berishingiz mumkin

TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Facebook, Instagram va Youtubeda diniy-ma’rifiy darslar o‘tilishi boshlanishi haqida xabar berdi.

Muftiy Tatarstana Kamil Samigullin - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga Rossiya musulmon arboblari delegatsiyasi tashrif buyurdi
"Hurmatli muxlislar! Endi haftaning har dushanba, seshanba va chorshanba kunlari tafsir, aqida, fiqh, hadis sharhi, tajvid va arab tili fanlaridan onlayn darslar olib boriladi. Ushbu darslarni taniqli ulamolar va Toshkent islom institutining mahoratli ustozlari o‘tkazishadi", — deyilgan xabarda.

Agar Sizda mavzu yuzasidan qandaydir savollar bo‘lsa, ularni oldindan telegramdagi "@MuslimUzAdmin1Bot"ga yuborishingiz yoki dars jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri berishingiz mumkin.

Shuningdek, ushbu onlayn darslarni quyidagi ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishingiz mumkin:

Facebook: https://www.facebook.com/muslimuzportal/

Instagram: https://www.instagram.com/muslimuzportali/

Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCLbdL0ibb4zqlqe7LRNOSNQ

Bugun soat 15:00 da fiqh va 16:00 da hadis fanlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri darslar bo‘lib o‘tishi aytilgan.

Yangiliklar lentasi
0