Samarqand viloyatida jinoyatning og‘ir turlari keskin oshib ketdi

© Sputnik / Mixail GenisSamarqand viloyati
Samarqand viloyati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oldingi yillarga nisbatan 2017-yilda Samarqand viloyatida qasddan odam o‘ldirish jinoyati 13 taga keskin ortib, 43 tani tashkil qilgan

TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Samarqand viloyati jinoyatchilik bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga ega, deb xaba qilindi Samarqand viloyati hokimligi xabarida.

Samarqand viloyatida oilalar seminarlar vaqtida yarashtirilyapti

Xabarda aytilishicha, 22-iyul kuni xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining qirqinchi sessiyasida viloyat hududida jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi holati jiddiy tanqid qilingan.

"Viloyatda 2015-2016 yillarda umumiy jinoyatchilikning keskin kamayishiga erishilmagan. Jumladan, badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish 8 foizga, o‘g‘irlik 18 foizga, firibgarlik 23,4 foizga oshgan. Joriy yilning birinchi yarmida umumiy jinoyatlar soni 1,8 foizga ko‘paygan. Qasddan odam o‘ldirish jinoyati 13 taga keskin ortib, 43 tani tashkil qilgan", — deyiladi xabarda.

Bu respublikada eng yuqori ko‘rsatkich ekanligi qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0