"Bunyodkor" yangi futbolchilarni tanishtirdi

© uzbekistan24Bunyodkor predstavil novix futbolistov
Bunyodkor predstavil novix futbolistov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Bunyodkor" rahbariyati jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida bir necha futbolchilar bilan shartnoma imzoladi

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. "Bunyodkor" safiga yangi futbolchilar kelib qo‘shildi. Bu haqda uzbekistan24.uz xabar berdi.

Futbolist na pole - Sputnik O‘zbekiston
"Bunyodkor" hujumchisi Eldor Shomurodov "Rostov"ga o‘tdi

Xabarga ko‘ra, "Bunyodkor" rahbariyati jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida darvozabon Suhrob Sultonov, himoyachi Islom Qobilov (ikkisi ham "Metallurg"dan), yarim himoyachi Shohrux Gadoyev ("Buxoro"), hujumchi Vohid Shodiyev ("Qizilqum"), himoyachi Anvar G‘ofurov, hujumchi Shohruz Norxonov (ikkisi ham "Obod"), yarim himoyachi Sardor Sobirxo‘jayev ("Sho‘rtan") bilan shartnoma imzoladi.

Yangi futbolchilarni tanishtirish marosimida ularga futbolkalar topshirish marosimi ham o‘tkazildi. Unga ko‘ra, Suhrob Sultonov 32, Islom Qobilov 3, Shohrux Gadoyev 22, Vohid Shodiyev 14, Anvar G‘ofurov 6, Shohruz Norxonov 77, Sardor Sobirxo‘jayev esa 18-raqamli futbolkani qabul qilib oldi.

Yangiliklar lentasi
0