Iqtisod

Oʻzbekiston Turkiyadan zirhlangan mashinalarni xarid qiladi

© YASIN AKGUL / AFPZirhlangan avtomobil
Zirhlangan avtomobil - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu kelishuv tafsilotlari Turkiya Mudofaa vaziri Nurettin Janikli boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan Toshkentda boʻlib oʻtgan muzokaralar chogʻida muhokama qilingan

TOSHKENT, 27 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston hukumati Turkiyadan bir partiya zirhlangan mashinalarni xarid qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri Mudofaa vazirligi matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev Turkiya milliy mudofaa vazirini qabul qildi
Ushbu kelishuv tafsilotlari Turkiya Mudofaa vaziri Nurettin Janikli boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan Toshkentda boʻlib oʻtgan muzokaralar chogʻida muhokama qilingan.

"Oʻzbekiston Nurol kompaniyasining EJDER 4x4 tipli yengil zirhlangan avtomobillarini xarid qilishni rejalashtirmoqda. Oʻzbekiston tomon oʻz sharoitida 2017 yilning iyul oyida avtomobilni sinovdan oʻtkazdi va olingan natijalardan mamnun boʻldi. Ayni vaqtda respublika Mudofaa vazirligi ehtiyojlari uchu ushbu harbiy texnikadan oʻn dona xarid qilish masalasi koʻrib chiqilmoqda", — deb taʼkidladi harbiy muassasa vakili.

Suhbatdoshning aytishicha, Oʻzbekiston tomon Turkiya bilan harbiy-texnik hamkorlikni bundn keyin ham rivojlantirishga tayyor. Buning uchun ayni vaqtda Oʻzbekiston hududida shu turdagi avtomobillarni ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxona tashkil qilish va buning uchun Turkiya tomonning sarmoyalarini jalb qilish masalalari koʻrib chiqilmoqda.

Qayd etish joizki, zirhlangan EJDER 4x4 avtomobili ikki nafar ekipaj uchun moʻljallangan boʻlib sakkiz nafargacha desantlarni tashish imkoniga ega. Avtomobilga turli xildagi qurol-aslahalar oʻrnatilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala