Oʻzbekistondagi harbiy xizmatchilar Turkiya harbiy-oʻquv yurtlarida oʻqishadi

© Slujba natsionalnoy bezopasnosti Respubliki UzbekistanOʻzbek chegarachisi
Oʻzbek chegarachisi - Sputnik Oʻzbekiston
2018 yilda Turkiya harbiy-oʻquv yurtlari va markazlarining tayyorlov kurslarida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini oʻqitishni tashkil etish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi

TOSHKENT, 27 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida 26 iyul kuni Turkiya Respublikasi milliy mudofaa vaziri Nurettin Janikli rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda uzbekistan24.uz.

Zirhlangan avtomobil - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston Turkiyadan zirhlangan mashinalarni xarid qiladi
"Uchrashuv yakuni boʻyicha Oʻzbekiston va Turkiya Mudofaa vazirliklari harbiy-taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarining tajriba va bilim almashishini mustahkamlash, harbiy-texnika sohasida ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar imzolandi. Xususan, 2018 yilda Turkiya harbiy-oʻquv yurtlari va markazlarining tayyorlov kurslarida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini oʻqitishni tashkil etish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi", — deyiladi xabarda.

Turkiya delegatsiyasi aʼzolari Temuriylar tarixi davlat muzeyida boʻldi va bu yerdagi boy ekspozitsiya bilan tanishdi.

Shuningdek, mehmonlar "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmui va Hazrati Imom (Xastimom) majmuasini ham ziyorat qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala