Ipoteka-bank kreditga uy olish uchun qanday talablar qo‘yilganligini ma’lum qildi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishKvartira v novostroyke
Kvartira v novostroyke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uy-joy oluvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar shaharlari va Toshkent shahrining tuman hokimliklarida tashkil etilgan hududiy komissiyalarga ariza bilan murojaat etishi lozim

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Xalqaro Press-klubda “Ipoteka-bank” rahbariyati, mas’ul xodimlari, uy-joyga ehtiyojmand aholi vakillari, shahar xokimiyati vakillari va ommaviy axborot vositalari ishtirokida o‘tkazilgan anjumanda aholini uy-joy bilan ta’minlash va ipoteka kreditlari xususida so‘z bordi. Bu haqda “Ipoteka-bank” matbuot xizmati xabar qildi.

Ctroitelstvo domov po tipovomu proyektu - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Namangan shahridagi uy-joylar qurilishi bilan tanishdi

Xabarda aytilishicha, ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishga buyurtmachilarga kreditlar berish, ko‘p kvartirali uylarni sotib olish uchun qarz oluvchilarga ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish yo‘li bilan kvartiralarni sotish funksiyalarini yuklagan holda "Ipoteka-bank" – moliyalashtiruvchi tijorat banki sifatida belgilangan.

2017 – 2020-yillarga mo‘ljallangan dastur asosida shaharlarda tegishli muhandislik va ijtimoiy infratuzilmalariga ega bo‘lgan 5, 7 va 9 qavatli, energiyadan samarali foydalaniladigan 945 ta ko‘p xonadonli uy-joy bunyod etilishi rejalashtirilgan. Shundan joriy yilga mo‘ljallangan 191 ta uy-joy (jumladan, 102 tasi poytaxtda) bo‘yicha qurilish ishlari davom etmoqda.

Bu kabi uy-joylarga ega bo‘lish uchun fuqarolarga aniq talablar qo‘yilgan. Jumladan, uy-joy oluvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar shaharlari va Toshkent shahrining tuman hokimliklarida tashkil etilgan hududiy komissiyalarga ariza bilan murojaat etishi lozim. Komissiyaning ijobiy xulosasiga ko‘ra, ko‘p qavatli uy-joydagi xonadonlardan biri fuqaroga biriktiriladi. Shu vaqtning o‘zida xonadon qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi summa boshlang‘ich badal sifatida “Ipoteka-bank” filiallarida shakllantirilishi zarur. Uy-joy qurib bitkazilgach esa, biriktirilgan xonadonni sotib olish istagidagi fuqaro bankka qator hujjatlar, jumladan, ariza, kredit oluvchining pasport nusxasi, kredit oluvchining oxirgi 12 oy davomida olgan daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.

Ko‘p qavatli uy - Sputnik O‘zbekiston
Yangi ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar qanday taqsimlanadi

Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj jismoniy shaxslarga ko‘p kvartirali uy-joydagi xonadonni sotib olish uchun ipoteka kreditlari 20-yil muddatga, 3-yil imtiyozli davr bilan, kreditdan foydalanganlik uchun dastlabki 5-yil davomida yillik 7 foiz va qolgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi miqdorida ajratiladi. Bunda bank sotib olinadigan uy-joy umumiy qiymatining 75 foizi miqdorigacha bo‘lgan summani qarz oluvchiga kredit sifatida beradi.

Yuqoridagi qarorda kredit oluvchi uchun ham qator soliq imtiyozlari ko‘zda tutilgan. Bunda kredit oluvchining o‘zi yoki oila a’zolarining kredit bo‘yicha oylik to‘lovlarni qaytarish uchun yo‘naltirgan mablag‘i soliqqa tortilmaydi. Agar korxonalar qaytib olmaslik sharti bilan o‘z xodimlariga ipoteka kreditining boshlang‘ich badalini to‘lab bergan bo‘lsa, mazkur mablag‘ ham soliqqa tortilmaydi. Shuningdek, kredit to‘liq qaytguniga qadar xonadon uchun mol-mulk solig‘i to‘lanmaydi.

Yangiliklar lentasi
0