O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligiga yangi bosh direktor tayinlandi

© fragolerosseZarubejnaya pressa
Zarubejnaya pressa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amanulla Yunusov Matbuot va axborot agentligining bosh direktori lavozimidan ozod etildi

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining qaroriga muvofiq Amanulla Yunusov Matbuot va axborot agentligining bosh direktori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda agentlik rasmiy saytida xabar qilinmoqda.

Uning o‘rniga prezident qaroriga muvofiq Laziz Xushboqovich Tangriyev Matbuot va axborot agentligining bosh direktori etib tayinlandi.

Tangriyev bunga qadar G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Yangiliklar lentasi
0