Kaufman uylari Toshkent markaziga ko‘chiriladi

Obuna bo‘lish
Bino ehtiyotkorlik bilan yig‘ib olinib, boshqa joyda o‘z shaklida qayta tiklanadi, har bir g‘isht o‘z o‘rniga qaytariladi

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. 1916-yili qurilgan sobiq Kaufman yetimxonasi binosi Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidan shahar markaziga ko‘chiriladi. Bu haqda uzbekistan24.uz xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, tarixiy obyektning qayta dislokatsiya qilinishi “regeneratsiya” yo‘li bilan amalga oshirilishi kutilmoqda.

Bunda bino ehtiyotkorlik bilan yig‘ib olinib, boshqa joyda o‘z shaklida qayta tiklanadi, har bir g‘isht o‘z o‘rniga qaytariladi.

Ta’kidlanishicha, energetika va avtomatika instituti hududida joylashgan bino avariya holatidadir.

Yangiliklar lentasi
0