Urganch-Xiva temir yo‘l liniyasi 2017-2018 yillar oralig‘ida ishga tushadi

© Sputnik / StringerElektrovoz O'ZEL-0204
Elektrovoz O'ZEL-0204 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyihaga ko‘ra, Xiva shahrida bir vaqtning o‘zida 200 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lgan zamonaviy vokzal qurilishi ham nazarda tutilgan

TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Urganch-Xiva yangi temir yo‘l liniyasi loyihasi qiymati 35,9 million AQSh dollariga teng bo‘lib, umumiy uzunligi 29,6 kilometrni tashkil etadi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur loyiha 2017-2018 yillar oralig‘ida qurib foydalanishga topshiriladi. Ma’lumot berilishicha, shu vaqtga qadar jami 831 ming metr kub tuproq ishlaridan 609 ming metr kub ishlar bajarildi. Uzunligi 2,2 kilometr masofaga po‘lat izlar yotqizildi.

Buxoro - Miskin temir yo‘li quriladigan bo‘ldi

Loyihaga ko‘ra, Xiva shahrida bir vaqtning o‘zida 200 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lgan zamonaviy vokzal qurilishi ham nazarda tutilgan. Zamonaviy arxitektura ko‘rinishiga ega bo‘lgan vokzal shaharning qadimiy jozibasini eslatuvchi jihatlar bilan uyg‘unlashtiriladi. Loyiha doirasida 124 ta sun’iy inshoot, 6 ta ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar qurilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, liniya bo‘ylab 11 ta temir yo‘l kesishmalari bunyod etiladi.

Temir yo‘l liniyasini ishga tushirish mintaqadagi yo‘lovchi va yuk tashishlar salohiyatini oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning 27-28 yanvar kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyatning turistik salohiyatini yanada rivojlantirish, undan samarali foydalanish, sayyohlarga Xiva shahrining noyob tarixiy-madaniy va me’morchilik merosi bilan kengroq tanishishi uchun keng sharoitlar yaratish, transport xizmatlari sifatini takomillashtirish bo‘yicha muhim topshiriq va tavsiyalar bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0