Jamiyat

Rustam Azimov: Oʻzbekiston tashqi qarzi eng kam boʻlgan mamalkatlardan biridir

© Flickr / Xadamoti matbuotVitse-premyer Uzbekistana Rustam Azimov
Vitse-premyer Uzbekistana Rustam Azimov - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston tashqi qarz miqdori YAIMning 16%iga teng.

TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston va Tojikiston hukumatlararo Savdo-iqtisodiy komissiyasining uchinchi majlisi davomida bosh vaziri oʻrinbosari Rustam Azimov Oʻzbekiston tashqi qarzi eng kam boʻlgan mamlakatlar qatoridan oʻrin olganini taʼkidladi, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz nashri.

"Bugungi kunda Oʻzbekistonning ichki qarzi noʻlga, tashqi qarzi esa YAIMning 16%ga teng", — dedi bosh vazir oʻrinbosari.

Shuningdek, Rustam Azimov 2000 yildan buyon Oʻzbekiston YAIMining hajmi dollar hisobida 5 baravar oʻsganini hamda2005 yildan buyon tashqi savdoning ijobiy balansi va davlat byudjetining profitsiti saqlanib kelayotganini aytib oʻtdi.

Shuni qayd etish kerak-ki, ushbu koʻrsatkich dunyoda eng kam koʻrsatkichlardan biridir. Masalan, Rossiyaning tashqi qarzi 18,8%, Qozogʻistonniki —17,2 %ni, Gruziyaniki — 44,2%ni, Armanistonniki — 52,8%ni, Yunoniston va Italiyaning qarzlari esa 172 va 133 %ni tashqil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala