Jamiyat

Sergelida notanish qizni pichoqlagan erkak ushlandi

© Uzbek MDKXuligan udaril nojom devushku v kafe
Xuligan udaril nojom devushku v kafe - Sputnik Oʻzbekiston
Jinoyatchiga nisbatan Oʻzbekiston JKning 277 moddasiga koʻra, (bezorilik, fuqaro sogʻligʻiga zarar yetkizish, jamoat joyda belgilangan tartib qoidalarga amal qilmaslik) bandi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Ushbu yilning 27 iyul kuni soat 10:30 da Sirgʻali tumanidagi “Rixsivoy” kafesida, notanish kishi mast holda fuqaro Mironova Lyudmila Petrovnaga (ismi oʻzgartirilgan) pichoq sanchadi va voqea joyidan gʻoyib boʻlugan edi.

Toshkent IIBBning Sirgʻali tuman boʻlimi tomonidan ushbu ish yuzasida oʻtkazilgan tergov-surishtiriuv ishlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etganlikda ayblab fuqaro Xamidxodjayev Rixsivoy Erkinovich qoʻlga olingan. Unga nisbatan Oʻzbekiston JKning 277 moddasiga koʻra, (bezorilik, fuqaro sogʻligʻiga zarar yetkizish, jamoat joyda belgilangan tartib qoidalarga amal qilmaslik)  bandi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan, deb xabar qilmoqda Toshkent IIBB matbot xizmati.

Eslatib oʻtamiz, ushbu voqea guvohlar tomonidan olingan fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilganidan keyin katta muhokamalarga sabab boʻlgan edi.  Oʻshanda jabrlangan qiz tez yordam avtomobilida 16 shahar kasalxonasiga olib ketilganligi xabar qilingan edi. Jabrlanuvchi hozir qanday ahvolda ekanligi haqida IIBB xabar qilmagan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala