Jamiyat

"Yevrotsement grupp" Oʻzbekistonda yangi tsement zavodi quradi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishZavod jelezobetonnыx izdeliy
Zavod jelezobetonnыx izdeliy - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi zavod qurilishi haqida Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amalga oshirilgan tashrifi davomida kelishib olingan edi.

TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Rossiyaning "Yevrotsement grupp" xoldingi Oʻzbekistondagi "Angren" erkin iqtisodiy zonasida yangi tsement zavodi quradi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga "Oʻzqurilishmateriallari" AJ vakili.

"Qurilayotgan yangi zavod quvvati sutkasiga 6,2 ming tonna klinker yoki yiliga 2,4 mln tona tsementni tashkil qiladi. Bu zamonaviy zavod boʻlib u tsementni "quruq uslub"da ishlab chiqaradi. Buning evaziga 35-45 % tabiiy gazni iqtisod qilish imkoni paydo boʻladi", — dedi suhbatdosh.

Bugungi kunda "Yevrotsement guruhi" zavod qurilishi boʻyicha bosh pudratchini tanlovi oʻtkazmoqda. Unda Xitoy, Germaniya va Turkiya korxonalari ishtirok xetmoqda. Zavodni ishga tushirish 2018 yil oxiriga moʻljallangan.

Rabochiy demonstriruyet produktsiyu zavoda - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
"Yevrotsement grup" Oʻzbekistonda zavod quradi

"Oʻzqurilishmateriallari" AJ vakili aytishiga qaraganda ushbu tashabbus hukumatning alohida nazorati ostiga olingan. Xususan, 21 iyul kuni Angrenda boʻlgan Shavkat Mirziyoyev ushbu loyihani tezroq amalga oshirish maqsadida yangi zavod qurilishi boʻyicha prezident qarori tayyorlashni topshirdi hamda  bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga qurilish tezroq boshlanishiga uchun har tomonlama  yordam koʻrsatish topshirildi.

Eslatib oʻtamiz, ayni damda Oʻzbekistonda 12 ta tsement zavodi faoliyat koʻrsatmoqda. Ularning umumiy ishlab chiqarish quvvati yiliga 9 mln tonnani tashkil qilsada, Respublikada tsementga boʻlgan ehtiyoj toʻlaligicha qondirilgani yoʻq.

Bugungi kunda Oʻzbekistonning eng yirik tsemen ishlab chiqaruvchi korxonalari quyidagilardir: «Qizilqumtsement» — 3,5 mln. tona, «Ohangarontsement» — 1,74 mln tonna, «Bekobodtsement» — 1,25 mln tonna, «Quvasoytsement» 1,08 mln tonna, Jizax tsement zavodi 1 mln tonna va yana bir necha kichik tsement zavodlaridir. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala