Toshkent viloyati Chirchiq pedagogika institutiga rektor tayinlandi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishStudenti v auditorii VUZa
Studenti v auditorii VUZa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Milliy universitetining sobiq rektori Chirchiq pedagogika institutiga rektor etib tayinlandi

TOShKENT, 1-avgust — Sputnik. G‘afurjon Muhamedov Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutiga rektor etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

Muhamedov 1997-2005 yillarda Jizzax davlat pedagogika institutini boshqargan. 2005-yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutiga rahbarlik qilgan. 2006-yildan 2015-yilga qadar O‘zbekiston Milliy universitetiga rektor bo‘lgan.

O‘zbekiston prezidenti Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorga shu yilning 27-iyul kuni imzo chekkan.

Yangiliklar lentasi
0