Davlat budjeti daromadi: qayerdan kelib qayerga ketmoqda

Obuna bo‘lish
Ushbu yilning birinchi yarmida O‘zbekiston davlat budjetining daromadi o‘tgan yilgiga nisbatan 15%ga o‘sgan.

TOShKENT, 1-avgust — Sputnik. O‘zbekiston Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu yilning birinch yarmida O‘zbekiston davlat budjetining daromadi o‘tgan yilgiga nisbatan 15%ga, budjet profitsiti esa —80 %ga o‘sgan.

Zdanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Davlat budjeti 132 mlrd. so‘mdan ortiq miqdorda profitsit bilan ijro etildi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 2017-yilning birinchi yarim yilligida davlat budjetining daromadi 22 trln 458,9 mlrd. so‘mni, xarajatlari esa 22 trln 350,6 mlrd so‘mni tashkil qildi. Profitsit esa — 108,2 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan 2016-yilning birinchi yarmida davlat budjeti daromadi 19,1 trln. so‘mni, xarajatlari esa 19,04 trln so‘mni  tashkil qilgan edi. Davlat budjeti profitsiti esa — 60 mlrd. so‘mni tashkil qilgan edi.

Asosiy foyda manbaalari: NDS va aksiz

O‘zbekiston Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, davlat budjetining to‘ldirishda asosan Qo‘shilgan qiymat solig‘i — 6,4  trln. so‘m Aksiz solig‘i — 3,5 trln. so‘m Jismoiy shaxslar daromad solig‘i — 2,3 trln. so‘m Yer osti boyliklaridan foydalanish solig‘i — 1.2 trln. so‘m hisobiga amalga oshirilgan.

Asosiy xarajatlar: Maorif va sog‘liqni saqlash

Davlat budjetining eng asosiy xarajatlari — Maorif sohasiga to‘g‘ri kelmoqda — 7,7 trln so‘m. Undan so‘ng tibbiyot — 3 trln so‘m. Nafaqa, moddiy yordam — 1,1 trln. so‘m. Iqtisodiyot va  investitsiyalarni moliyalash xarajatlari — 3,5 trln so‘mni tashkil qildi. Hukumat, sud va boshqa boshqaruv organlari xarajatlari — 1 trln 74 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Yangiliklar lentasi
0