Ozarbayjonda qaynonasi tomonidan kaltaklangan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishVsesezonniy gorniy kurort Dombay
Vsesezonniy gorniy kurort Dombay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ozarbayjondagi O‘zbekiston elchixonasi va ayollarga ko‘mak berish jamoat uyushmasi tomonidan o‘zbekistonlik ayol farzandlari bilan vatanga qaytildi. Ma’lum bo‘lishicha, ayol qaynonasi tomonidan muntazam ravishda kaltaklangan

TOShKENT, 1-avgust — Sputnik. Baku shahridagi O‘zbekiston elchixonasi va "Musaffo dunyo" ayollarga ko‘mak berish jamoat uyushmasi o‘zbekistonlik ayolga vatanga qaytishga yordam berishdi. Bu haqda Sputnik Ozarbayjon xabar qildi.

Svatovstvo v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Fotiha to‘y: O‘zbekistonda unashtiruv marosimi

Ayol besh yil davomida turmush o‘rtog‘ining qarindoshlari, jumladan qaynonasi tomonidan kaltaklanishga chiqdab kelgan va oxir-oqibat ikki farzandi bilan O‘zbekistonga qaytib ketadi.

Gulnora Kusainova (ismi o‘zgartirilgan) bilan sodir bo‘lgan voqea haqida "Musaffo dunyo" jamoat uyushmasi inson huquqlari himoyachilari so‘zlab berdilar.

Bahor fasli oxirlarida Gulnora ikki farzandi bilan O‘zbekiston elchixona xodimlari tomonidan "Musaffo dunyo" jamoat uyushmasiga yuborilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 1985-yilda tug‘ilgan Kusainova 2010-yilda ozarbayjonlik yigit bilan O‘zbekistonda tanishgan. Sevishganlar turmush qurishga qaror qilib tuy ham bo‘lib o‘tgan. Ikkisi ham bank sohasida ishlashgan.

Yoshlar kelgusida oilada katta nizolar, kelishmovchiliklar kelib chiqishini tasavvur ham qilishmagan.

Gul tutayotgan erkak - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘shxotinlik haqida o‘zbekistonliklar fikri va noma’lum ayolning Mirziyoyevga murojaati
2011 yilda oilada birinchi farzand dunyoga kelgan. 2012-yilda esa qaynona zug‘umi bilan o‘g‘li oilasi bilan Ozarbayjonga qaytib ketgan.

Yoshlar, jumladan Kusainova va uning turmush o‘rtog‘i o‘z ish joyi va qarindoshlarini O‘zbekistonda qoldirib Ozarbayjonga yo‘l olgan.

Er xotin Ozarbayjonning janubida joylashgan yigitning onasiga qarashli uyiga ko‘chib boradi. U yerda oliy ma’lumoti bo‘lgan kelin qishloq hayoti — sigir sog‘ish, ovqat qilish, uy yumushlarga qarashlarni o‘rganishga majbur bo‘ladi.

Keyinchalik oilada janjallar boshlanadi. Shu vaqtda qaynona o‘g‘liga ajrashishni, kelinni o‘g‘li bilan orqaga qaytarib yuborishni talab qiladi.
Oiladagi janjallar kundan-kun avjiga chiqa boshlaydi. Turmush o‘rtog‘i va uning onasi tomonidan kelinni ushlab kaltaklash boshlanadi.

Shulardan so‘ng, yoshlar Baku shahriga ko‘chishga qaror qilishadi va u yerda ijaraga uy olishadi. Bir oz vaqt o‘tgach qaynona birga yashash uchun poytaxtga ularning uyiga ko‘chib boradi.

Endi janjallar Baku shahrida davom etadi.

Keyinchalik oilada ikkinchi farzand dunyoga keladi. Kusainovaning turmush o‘rtog‘i Ozarbayjonga kelgandan beri tayinli ish topa olmagan edi. Ular kelin ota-onasi O‘zbekistondan yuborib turgan pullar hisobiga kun ko‘rishadi.

Surunkali ravishda davom etgan janjallarda kelin ayovsiz katlaklanar edi. Bunday qismatga chida olmagan ayol oxir-oqibat o‘z farzandlari bilan O‘zbekistonga ketishga qaror qiladi. Buning uchun Ozarbayjondagi O‘zbekiston elchixonasiga murojaat qiladi.

Kelinini o‘ldirish uchun killer yollamoqchi bo‘lgan qaynota hibsga olindi
Shundan so‘ng u ikki farzandi bilan maishiy zo‘ravonlik jarbdiydalari uchun mo‘ljallangan markazga joylashtiriladi. Barcha hujjatlar tartibga keltirilgandan so‘ng ayol o‘z vataniga qaytariladi.

Kusainova ketayotganda turmush o‘rtog‘iga og‘zaki xabar tashlab ketadi. Jumladan, agarda turmush o‘rtog‘i yana uning yoniga O‘zbekistonga kelsa, uni qabul qilishga tayyor ekanligi va faqat u yerda baxtli bo‘lishganligini armon bilan ta’kidlaydi.

So‘z yakunida shuni ta’kidlaymizki, Kusainova qaynonasi va turmush o‘rtog‘i tomonidan kaltaklanish holatlari bo‘yicha huquq tartibot organlariga murojaat qilganligi uchun ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagan.

Yangiliklar lentasi
0