O‘zLiDeP aholi bilan deputatlar o‘rtasida onlayn muloqotni yo‘lga qo‘ydi

© Sputnik / StringerBrifing UzLiDep
Brifing UzLiDep - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda har kuni soat 10:00 dan 11:00 gacha deputatlar bilan onlayn muloqot qilish mumkin

TOShKENT, 2-avgust — Sputnik. O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi aholi bilan deputatlarning onlayn muloqotini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda partiyaning ijtimoiy tarmoqdagi matbuot xizmati sahifasida xabar berildi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev deputatlarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochishni buyurdi

Xabarga ko‘ra, endilikda har kuni soat 10:00 dan 11:00 gacha deputatlar bilan onlayn muloqot qilish mumkin. Foydalanuvchilar o‘zlarini qiziqtirayotgan har qanday masalalarga deputatlardan javob olishlari mumkin bo‘ladi.

Xususan, xabar qilinishicha, ertaga, 3-avgust kuni soat 10:00 dan 11:00 ga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Rasul Kusherbayev bilan Facebook’dagi “O‘zLiDeP muloqotga chorlaydi” guruhida onlayn-muloqot bo‘lib o‘tadi.

“Deputatimizga o‘zingizni qiziqtirgan savollaringizni yo‘llab, batafsil javob olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz”, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0