O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga eski binosi qaytarib beriladi

Obuna bo‘lish
Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qilgan

TOShKENT, 3-avgust — Sputnik. O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga poytaxtning Mustaqillik shohko‘chasida joylashgan eski binosi qaytarib beriladi, deb xabar bermoqda uz24.uz.

Ayni vaqtda tegishli qaror tayyorlanmoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qilgan.

Uchrashuvda ta’kidlanishicha, 2002-yilda tashkil etilgan O‘zbekiston davlat konservatoriyasining bugungi faoliyati, jumladan, qabul kvotalari, o‘quv dasturlari va qo‘llanmalari, professor-o‘qituvchilarning ilmiy va ijodiy salohiyati, moddiy-texnik bazasi, yotoqxonalarning ahvoli talabga javob bermay qolgan. Bugungi kunda bu yerda 700 nafar o‘rniga 1352 nafar talaba tahsil olmoqda va bu ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatapti.

Yangiliklar lentasi
0