Hodisalar

Oʻzbekistonda 100 ming dollar pora olgan sudya 12 yilga qamaldi

© fotoliaSimvolы zakona i pravosudiya
Simvolы zakona i pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston
Sudya chiqarilgan sud hukmini oʻzgartirish va jinoyat ishi materiallarini qoʻshimcha tergovga yuborish uchun 100 ming dollarni talab qilgan

TOSHKENT, 3 avgust — Sputnik. Oʻzbekiston Oliy sudi Jinoyat ishlar boʻyicha Toshkent shahar sudyasi boʻlib ishlagan Anvarjon Ziyayevga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha sud hukmini chiqardi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Dengi - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkent viloyati bojxona xodimi 460 dollar pora bilan qoʻlga olindi

Oʻtgan yili MXX tezkor xodimlari tomonidan Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudyasi Anvarjon Ziyayev pora tariqasida 100 ming dollar olayotgan paytda qoʻlga olingan.

"Sudya Ziyayev chiqarilgan sud hukmini oʻzgartirish va jinoyat ishi materiallarini qoʻshimcha tergovga yuborish uchun yuz ming dollarni talab qilgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 207-moddasi mansabga sovuqqonlik bilan qarash, 210-moddasi pora olish, 231-moddasi adolatsiz hukm chiqarish boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov amalga oshirilgan", — deb taʼkidladi MXX vakili.

Mazkur jinoyat ishi Oʻzbekiston Oliy sudi tomonidan koʻrib chiqilib, Anvarjon Ziyayevga 12 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi berildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala