O‘zbekiston dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda joylashdi

© IBCMejdunarodniy biznes-sentr v Tashkente
Mejdunarodniy biznes-sentr v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ro‘yxatning 1-o‘rnini 97 ball bilan Singapur egalladi

TOShKENT, 5-avgust — Sputnik. Gallup xalqaro tadqiqot kompaniyasi dunyoning eng xavfli va xavfsiz mamlakatlari ro‘yxatini e’lon qildi. O‘zbekiston eng xavfsiz mamlakatlar ro‘yxatida 2-o‘rinda qayd etildi.

MDHdagi eng baxtli insonlar O‘zbekistonda yashaydi

Tahlil davomida 135 ta mamlakat maydoni, xvfsizlik holati, qonun ustuvorligi va tartib kabi bir necha toifalar bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazilib, baholandi.

Mamlakatlar 100 ball tizimida baholandi. Ro‘yxatning 1-o‘rnini 97 ball bilan Singapur egalladi. O‘zbekiston 95 ball bilan 2-o‘rinda joylashdi. Islandiya 92 ball bilan 3-o‘rinda.

Dunyoning eng xavfli mamlakati deb esa Venesuela e’lon qilindi.

Yangiliklar lentasi
0