2017 yilda Rossiyaga kirib kelgan o‘zbekistonliklar soni 10 %ga oshgan

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishRabochie na stroitelnoy ploshadke, arxivnoe foto
Rabochie na stroitelnoy ploshadke, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni damda 3 million O‘zbekiston fuqarolari mamlakat tashqarisida ishlamoqda. Bu mehnatga layoqatli aholining uchdan bir qismini tashkil qiladi.

TOShKENT, 7-avgust — Sputnik. 2017 yilda Rossiga kelayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlari soni oshishi kutilmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.

"2017 yilda Rossiyaga kelayotgan mehnat migrantari soni o‘sadi, lekin mamlakatlar orasida imzolangan shartnoma kuchga kirishi migratsiya oqimini cheklaydi. Keskin oshish bo‘lmaydi", — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga bo‘lgan davlat tashrifi davomida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada tashkillashtirilgan tartibda ishga yollash haqida shartnoma imzolangan edi. Ushbu shartnomaga muvofiq, O‘zbekiston Mehnat vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bir oy davomida 600 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolarini ishga yubordi.

Bugungi kunda 3 millionga yaqin O‘zbekiston fuqarolari mamlakat tashqarisida ishlamoqda.  Bu mehnatga layoqatli aholisining uchdan bir qismini tashkil qiladi. Rossiya IIV xabariga asosan Rossiya hududida 1,7 millonga yaqin O‘zbekiston fuqarolari yashamoqda. 2017-yil boshidan buyon Rossiyaga 600 ming o‘zbekiston fuqarosi kirib kelgan. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan 10 %ga ko‘p.

Yangiliklar lentasi
0