O‘zMU sirtqi ta’lim bo‘limga qabul e’lon qildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishStudenti v auditorii
Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir asrlik ilmiy an’analariga ega bo‘lgan O‘zMU, bilim va yuqori malaka egallashni kafolatlaydi, - deyilgan xabarda.

TOShKENT, 7-avgust — Sputnik. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti ikkinchi va undan keiyngi oliy ta’lim olishni istagan fuqarolar uchun sirtqi bo‘limga qabul e’lon qildi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 2017-2018 o‘quv yili uchun 36 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha hujjatlar qabul qilinadi.  Sirtqi ta’lim shaklidagi mashg‘ulotlar tajriba-sinov tariqasida masofaviy o‘qitishning ilg‘or usullarini qo‘llagan holda olib boriladi.

Shuningdek, bir asrlik ilmiy an’analariga ega bo‘lgan O‘zMU, bilim va yuqori malaka egallashni kafolatlaydi, — deyilgan xabarda. Hujjatlar Toshkent shahri, Olmazor tumani, “Yoshlik” shaharchasi, O‘zMU qabul komissiyasi tomonidan 20-avgustga qadar qabul qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0