Jamiyat

Oʻzbekistonda quruvchilar kasb bayrami taʼsis etildi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishRabochiye na stroitelnoy ploщadke
Rabochiye na stroitelnoy ploщadke - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
2017 yildan boshlab avgust oyining ikkinchi yakshanba kuni “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni” deb eʼlon qilindi.

TOSHKENT, 8 avgust — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev quruvchilar kunini taʼsis etish haqidagi qarorini imzoladi.

Prezident qarorida aytilishiga koʻra,  2017 yildan boshlab har avgust oyining ikkinchi yakshanba kuni “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni” deb eʼlon qilindi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan 23,8 mingta pudrat tashkilotlari, 31 ta bosh loyiha instituti va 1000 ga yaqin loyiha tashkilotlari bor.  Qurilish sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha 3 ta arxitektura va qurilish institutlari  hamda 12 ta oliy taʼlim muassasasi va 390 ta kasb-hunar kollejlari faoliyat yuritmoqda.

Yangiliklar lentasi
0