Jamiyat

Turizmni rivojlantirish qoʻmitasiga yangi rais tayinlandi

© Mehnat.uzAbduxakimov Aziz Abdukaxarovich
Abduxakimov Aziz Abdukaxarovich - Sputnik Oʻzbekiston
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi raisi etib tayinlandi.

TOSHKENT, 8 avgust — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti qaroriga asosan, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Abduhakimov Aziz Abdukaxarovich Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident rasmiy sayti xabar qildi.

Wikipedia maʼlumotiga koʻra, Abduhakimov Aziz Abdukaxarovich 1974 yilda Toshkentda tugʻilgan. Toshkent Davlat Iqtisodiy universitetini Iqtisodchi mutaxassiligi boʻyicha tamomlagan. Yaponiyadagi Xitotsubasi Universitetida Magistraturani tamomlagan.

1993-2004 yillarda "Ipak Yoʻli", "Beriliner Bank AG", "Oʻzpromstroybank" tashqilotlarida moliya mutaxassisi lavozimida ishlab kelgan.

2004-2008 yillarda Tashqi Iqtisodiy aloqalar vazirligining axborot-tahliliy boʻlimida ishlab kelgan.

2008-2012 yillarda Davlat Mulkini boshqarish qoʻmitasida birinchi oʻrinbosar va rais lavozimlarida ishlagan.  

2012-2014 yillarda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi lavozimida ishlagan.

2014 yildan boʻyon Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga rahbarlik qilib kelgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala