Koreyalik shifokorlar Farg‘ona vodiysi aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi

© flickr.comVrach skoroy pomoshi
Vrach skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koreyalik shifokorlar Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida to‘rt kun mobaynida aholi salomatligini ko‘rikdan o‘tkazadilar. Ularga maslahatlar beradilar, Koreyadan keltirilgan dori-darmon va sanitariya-gigena vositalarini bepul tarqatadilar

TOShKENT, 9-avgust — Sputnik. Janubiy Koreyaning Incheon shahridagi Ewha Womans University gospitalining bir guruh malakali professor, shifokorlari va ko‘ngillilar delegatsiyasi Farg‘ona vodiysi aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi. Bu haqda auz.uz xabar qilmoqda.

Koreyalik shifokorlar Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida to‘rt kun mobaynida aholi salomatligini ko‘rikdan o‘tkazadilar. Ularga maslahatlar beradilar, Koreyadan keltirilgan dori-darmon va sanitariya-gigena vositalarini bepul tarqatadilar.

© Foto : Rustamjon EshonovJanubiy koreyalik shifokorlar aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi
Yujnokoreyskie vrachi provedut v Ferganskoy doline besplatnoe meditsinskoe obsledovanie naseleniya - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy koreyalik shifokorlar aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi

 

Tashrif doirasida mehmonlar Andijon davlat tibbiyot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishadilar. Institut talabalari va magistrlari uchun leksiyalar o‘qiydilar. Bu esa har ikkala tibbiy muassasa mutaxassislarining tibbiy sohadagi bilimlarini chuqurlashtirish va hamkorlik rishtalarini mustahkamlash imkonini beradi.

"Sog`lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondining sog‘lomlashtirish dasturi asosida tashkil etilgan ushbu tadbir jismonan baquvvat, ruhan tetik farzandlarni tarbiyalash, onalik va bolalikni muhofaza qilish yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlarni o‘zida mujassam etadi.

Najmiddin Ergashev.

Yangiliklar lentasi
0