O‘zbekistondagi 15ta oliy o‘quv yurtida maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etiladi

© SputnikStudenti v auditorii v Tashkente
Studenti v auditorii v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi

TOShKENT, 9-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etiladi.

Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zMU sirtqi ta’lim bo‘limga qabul e’lon qildi

Oliy ta’lim muassasalari tarkibida tashkil etilgan maxsus sirtqi bo‘limlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda kamida uch yil pedagogik amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari ehtiyojlari asosida tasarrufida ushbu ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega pedagog kadrlar hisobidan amalga oshiriladi.

Maxsus sirtqi bo‘limda o‘qish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Maxsus sirtqi bo‘limda o‘qiyotgan talabalarga imtihonlar, sinovlar topshirish, diplom, kurs, laboratoriya va boshqa o‘quv ishlarini bajarish vaqtida ularning oylik maoshlari asosiy ish joyida saqlangan holda bir o‘quv yilida ikki marta bir oydan o‘quv ta’tillari beriladi. Bunda, o‘quv ta’tillari qoida tariqasida umumta’lim muassasalaridagi qishki va yozgi ta’til vaqtiga to‘g‘ri kelgan davrda beriladi va ularga belgilangan tartibdagi yillik mehnat ta’tillarini berish tartibi ham saqlanib qoladi.

Talabalarning oliy ta’lim muassasasida o‘qishda bo‘lgan davriga to‘g‘ri keladigan dars soatlari o‘qishga yuborgan ta’lim muassasasining o‘qituvchilari (xodimlari) tomonidan mehnatga soatbay haq to‘lash shartlari asosida o‘tiladi.

O‘zbekiston IIV Akademiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Ichki ishlar Akademiyasida sirtdan o‘qish mumkin bo‘ladi

Maxsus sirtqi bo‘lim talabalari o‘qishga kirishda tavsiyanoma beruvchi vazirlik yoki idora, oliy ta’lim muassasasi va talaba o‘rtasida o‘qishni yakunlagandan keyin tavsiyanoma bergan tashkilot yo‘llanmasida ko‘rsatilgan ish joyida (ta’lim muassasasida) besh yildan kam bo‘lmagan muddatda ishlab berish majburiyati bilan uch tomonlama shartnoma tuziladi.

Pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berish sirtqi ta’lim shaklida tashkil etiladi. Bunda ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2-kursidan (o‘quv rejalardagi fanlar farqidan qat’i nazar) kamida 3-yil muddat etib belgilandi.

2017/2018 o‘quv yili uchun maxsus sirtqi va sirtqi ta’limlarda o‘quv jarayoni istisno tariqasida joriy yilning 1-oktabridan boshlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2017-yil 30-sentabrgacha 2017/2018 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining maxsus sirtqi bo‘limiga 1-kursga talabalarni qabul qilish yuqori saviyada va adolatli o‘tkazilishini ta’minlaydi.

Prepodavatel chitayet leksiyu studentam - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston sirtqi va kechki ta’limni tiklashni rejalashtirmoqda

Pedagogika yo‘nalishlari  bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etiladigan oliy  ta’lim muassasalari ro‘yxati:

1. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.

2. Andijon davlat universiteti.

3. Buxoro davlat universiteti.

4. Guliston davlat universiteti.

5. Qarshi davlat universiteti.

6. Namangan davlat universiteti.

7. Samarqand davlat universiteti.

8. Termiz davlat universiteti.

9. Urganch davlat universiteti.

10. Farg‘ona davlat universiteti.

11. Jizzax davlat pedagogika instituti.

12. Navoiy davlat pedagogika instituti.

13. Nukus davlat pedagogika instituti.

14. Qo‘qon davlat pedagogika instituti.

15. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.

Yangiliklar lentasi
0