Toshkent hokimiyati nega ko‘chalarni suv bosayotganini aytdi

Obuna bo‘lish
Toshkent hokimiyati yomg‘ir suvi kanalizatsiyasi tizimini yaxshilash uchun 917 millon so‘m ajratdi. Yaqin orada Navoiy shoh ko‘chasida yangi quvurlar o‘rnatish boshlanadi.

TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Toshkent shahri ko‘chalarini har yomg‘ir yoqqanda suv bosishi odatiy holga aylanib qolgan.

Hokimiyat habariga ko‘ra, buning sababi, yomg‘ir suvi kanalizatsiyasi tizimidagi lotok va quvurlarning sellofan paketlar bilan tiqilib qolishi hamda yer osti quvurlari miqdorining yetishmoqchiligidir. Bu haqida poytaxt hokimiyatining Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Saidumar Aglayev xabar qildi.

Ushbu muammoni hal qilish uchun, shahr obodonlashtirish xizmatlari 917 mln so‘m miqdorda mablag‘ ajratgan. Ushbu pulga poytaxtning muammoli ko‘chalarida qo‘shimcha quvurlar o‘rnatiladi. Yaqin orada shunday quvurlar Navoiy shoh ko‘chasida o‘rnatila boshlaydi.

Obodonlashtirish boshqarmasi rahbari Abduvohid Karimov aytishiga qaraganda qurilish ishlari Oktabr oyida tugatiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilning 11-fevralida Vazirlar Mahkamasi Toshkent kanalizatsiya tizimini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat qabul qilgan edi.

Uz24.uz xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0