O‘zbekiston Afg‘oniston hududida temiryo‘l qurishda davom etadi

© Flickr / Prince RoyJeleznaya doroga v Tadjikistane
Jeleznaya doroga v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu loyiha O‘zbekiston uchun o‘ta muhim, chunki u dengizga chiqish imkonini beradi. Ayni damda ushbu loyihani mablag‘ bilan ta’minlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

TOShKENT, 9 avg — Sputnik. O‘zbekiston Afg‘oniston hududida temiryo‘l qurish loyihasida ishtirok etadi, dedi "O‘zbekiston temir yullari" AJ rahbari Davron Dexkanov.

Dexkanov aytishiga qaraganda Afg‘oniston ular uchun tanish bo‘lgan hudud. "O‘zbekiston Temir yo‘llari" bu yerda 2010-yilda "Hayraton — Mozori Sharif" yo‘nalishida 100 kilometrli temir yo‘l bo‘lagini qurib bitkazgan edi.

"Afg‘onistondagi loyiha O‘zbekiston uchun juda muhimdir, chunki u Afg‘oniston va Pokiston hududlari orqali Eronning Bendar-Abbas portiga chiqish imkonini beradi. Biz Afg‘oniston vakillari bilan bir qator muzokaralar o‘tkazib ma’lum natijalarga erishdik. Afg‘oniston tomoni qurilishni boshlashga tayyor, hozir moliyalash masalasi hal bo‘lmoqda", — dedi Dexkanov.

Eslatib o‘tamiz, temir yo‘lining Xayratondan Mozori-Sharifgacha bo‘lgan  qismi butun Afg‘oniston orqali o‘tgan temir yo‘lining bir bo‘lagidir. Ushbu yo‘l orqali Afg‘onistonga barcha importning yarmi olib kelinadi. Kelajakda ushbu yo‘l "Mozori-Sharif-Shibergan-Maymana-Hirot" yo‘nalishida uzaytiriladi. Bu Afg‘oniston shimolida iqtisodiy transport koridori yaratish imkonini beradi.

Undan tashqari,  O‘zbekiston va Afg‘oniston ushbu yilda transport koridori hisobidan, o‘zaro savdo miqdorini 1 milliard dollarga yetkizishni rejalashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0