Milliy universitetning 10 ta fakultetida qo‘shimcha sirtqi bo‘limlar ochildi

© Sputnik / A. Varfolomeyev / Mediabankka o‘tishNatsionalniy universitet Uzbekistana imeni Mirzo Ulugbeka
Natsionalniy universitet Uzbekistana imeni Mirzo Ulugbeka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda 36 yo‘nalish bo‘yicha sirtqi ta’limga hujjat qabul qilinmoqda

TOShKENT, 9-avgust — Sputnik. O‘zbekiston Milliy universitetining 10ta fakultetida sirtqi ta’lim shaklida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish imkoni yaratildi. Bu haqda O‘zMU axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, biologiya, geologiya va geografiya, jurnalistika, ijtimoiy fanlar, iqtisodiyot, kimyo, matematika, fizika, tarix, xorijiy filologiya fakultetlarida sirtqi ta’lim shaklida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish mumkin.

Bu fakultetlarda 36 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2017-2018 o‘quv yilidan tajriba-sinov tariqasida masofaviy o‘qitishning ilg‘or usullarida ta’lim olib, navbatdagi mutaxassislik diplomiga ega bo‘lish mumkin.

Ikkinchi mutaxassislikka 2-kursdan qabul qilinadi.

Sirtqi bo‘limga hujjatlarni qabul qilish jarayoni 20-avgustga qadar davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0