Jamiyat

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yangi vazir tayinlandi

© Sputnik / Aleksey DrujininPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami - Sputnik Oʻzbekiston
Aktam Ahmadovich Haitov 2016 yil oktyabr oyida Oʻzstandart bosh direktori lavozimiga tayinlangan edi

TOSHKENT, 9 avgust — Sputnik. Aktam Ahmadovich Haitov Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga tasdiqlandi, shu munosabat bilan Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident rasmiy sayti xabar qildi.

Eslatib oʻtamiz, Aktam Haitov 2010 yil martidan 2014 yil iyuligacha Oʻzbekiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri boʻlib ishlagan edi.

2014 yil sentyabridan "Biokimyo" aktsiyadorlik jamiyatida iqtisodiyot va rejalashtirish boʻyicha direktor boʻlgan. 2016 yil kuzidan buyon Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ("Oʻzstandart") bosh direktori lavozimiga tayinlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala