Barcha viloyatlar markazlarida issiqlik ta’minoti tizimi deyarli ishlamaydi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishRadiator sentralnogo otopleniya v kvartire
Radiator sentralnogo otopleniya v kvartire - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident joylardagi ahvolni baholash uchun maxsus ishchi guruh tomonidan sakkizta viloyatdagi vaziyat o‘rganib chiqilgani va bu jarayonda qator kamchilik va muammolar aniqlanganini ma’lum qildi

TOShKENT, 10-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9-avgust kuni o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida respublika viloyatlaridagi qator kamchilik va muammolar ko‘rsatib o‘tildi.  Bu haqda prezident rasmiy veb saytida xabar berilmoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: xalqdan uzilib, o‘zimizni ham, xalqni ham aldab, shu ko‘yga tushmadikmi

Prezident joylardagi ahvolni baholash uchun maxsus ishchi guruh tomonidan sakkizta viloyatdagi vaziyat o‘rganib chiqilgani va bu jarayonda qator kamchilik va muammolar aniqlanganini ma’lum qildi. Xususan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Jizzax va Navoiy viloyatlarining ayrim tumanlarida ichimlik suvi ta’minoti borasidagi ahvol qoniqarli emas. Ko‘p qavatli uylarning tomi ta’mirtalab, oqova suv tizimi ishdan chiqqan, uylarning atrofini obodonlashtirish sust amalga oshirilmoqda.

Barcha viloyatlar markazlarida issiqlik ta’minoti tizimi deyarli ishlamaydi. Aksariyat shahar va tumanlarda elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarini kapital ta’mirlash kechikmoqda. Qo‘shimcha suyultirilgan gaz, gaz ballonlari va ularni tashiydigan maxsus avtotransport vositalariga ehtiyoj hamon kattaligicha qolmoqda.

Hududlarda maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish va ko‘mish ishlari tizimli ravishda tashkil etilmagan. Ayrim tumanlarda noqonuniy chiqindixonalar bartaraf etilmagan.

Shu munosabat bilan Shavkat Mirziyoyev joylardagi muammo va kamchiliklarga bosh vazir o‘rinbosarlari, hukumat a’zolari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari shaxsan e’tibor qaratishi zarur ekanini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0