Shahrisabz tumanida fohishalik bilan shug‘ullanayotgan opa-singillar ushlandi

© Foto : pixabay.comJenskie nogi
Jenskie nogi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Opa-singillarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun sud organiga yuborildi

TOShKENT, 10-avgust — Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan "Tozalash" tadbirida fohishalik bilan shug‘ullanayotgan opa-singillar ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, Shahrisabz tumanining Chorshanbe qishlog‘ida yashovchi 1980-yilda tug‘ilgan R.Z. hamda Qorapoycha qishlog‘ida yashovchi 1975-yilda tug‘ilgan R.M.lar 30 ming so‘mdan jinsiy aloqada bo‘layotganligi aniqlanib, ushlangan.

Opa-singillarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasi 1-qismi, ya’ni fohishalik bilan shug‘ullanish alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun sud organiga yuborildi.

Yangiliklar lentasi
0