"O‘zbekiston pochtasi" bo‘limlarida "O‘zPaynet" xizmati yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishRabota "Pochti Rossii" v Moskovskoy oblasti
Rabota Pochti Rossii v Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston pochtasi" va "O‘zPaynet" o‘rtasida jismoniy shaxslardan pochta aloqasi obyektlarida "O‘zPaynet" dasturiy-apparat kompleksi orqali to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi

TOShKENT, 10-avgust — Sputnik. "O‘zbekiston pochtasi" bo‘limlarida "O‘zPaynet" xizmati yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar berdi tashkilot matbuot xizmati.

Xabar qilinishicha, "O‘zbekiston pochtasi" AJ va "O‘zPaynet" MChJ o‘rtasida jismoniy shaxslardan pochta aloqasi obyektlarida "O‘zPaynet" dasturiy-apparat kompleksi orqali to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Unga ko‘ra, pochta aloqasi obyektlari orqali jismoniy shaxslardan "O‘zPaynet" dasturiy-apparat kompleksida mavjud bo‘lgan barcha xizmatlar uchun to‘lovlar qabul qilinadi va ushbu tizimni jamiyatning barcha kompyuterlashtirilgan aloqa bo‘limlarida joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0