O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha jahonda 178-o‘rinda qayd etildi

Obuna bo‘lish
Bu MDH hududidagi mamlakatlar orasidagi eng past ko‘rsatkich bo‘lib, Tojikiston O‘zbekistondan bir pog‘ona yuqorida joylashgan

TOShKENT, 10-avgust — Sputnik. O‘zbekiston internet yuklanish tezligi bo‘yicha e’lon qilingan reytingda 189 davlat orasida 178-o‘rindan joy oldi. Bu haqda cable.co.uk xabar qilmoqda.

Reytingga ko‘ra, O‘zbekistonda internet yuklanish tezligi soniyasiga 0,76 Mbitni tashkil etadi. Bu MDH hududidagi mamlakatlar orasidagi eng past ko‘rsatkich bo‘lib, Tojikiston O‘zbekistondan bir pog‘ona yuqorida joylashgan (0,83 Mbit/s).

“O‘zbektelekom” internet nega tez arzonlashmayapti degan savolga izoh berdi

Markaziy Osiyo davlatlaridan Qirg‘iziston reytingda 166- (0,98 Mbit/s), Turkmaniston 142- (1.4 Mbit/s) va Qozog‘iston 82-o‘rinni ((4 Mbit/s) egalladi.

Reytingda birinchi o‘ringa Singapur (55,13 Mbit/s), 2-o‘ringa Shvetsiya (40,16 Mbit/s), 3-o‘ringa Tayvan (34,40 Mbit/s) loyiq deb topildi.

MDH davlatlari ichida 1-o‘ringa Rossiya joylashdi – u 11,59 Mbit/s tezlik bilan 43-o‘rinda qayd etildi.

Dunyodagi eng sekin keng polosali internet esa Yamanda bo‘lib, yuklanish tezligi 0,34 Mbit/sni tashkil etadi.

Reyting ma’lumotlarini solishtirish uchun misol ham keltirildi. Misolda ko‘rsatilishicha, singapurlik foydalanuvchi hajmi 7,5 GB bo‘lgan Full HD-filmni yuklab olish uchun 18 daqiqa 34 soniya sarflasa, yamanlik foydalanuvchiga buning uchun 2 kun 2 soatu 2 daqiqa 28 soniya kerak bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0