Toshkentda Dima Bilanga o‘xshagan avtomashina o‘g‘risi qo‘lga olindi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishAvtomobilnie vori
Avtomobilnie vori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U avtomashina eshigini otvortka yordamida ochib, undan o‘g‘irlik sodir etmoqchi bo‘lgan vaqtida ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

TOShKENT, 10-avgust — Sputnik. 4-avgust kuni Islombek Maqsudxo‘jayev Chilonzor tumanida joylashgan avtoturargohda Bekzod Ikromovga tegishli "Lasetti" rusumli avtomashina eshigini otvortka yordamida ochib, o‘g‘irlik sodir etmoqchi bo‘lgan vaqtida ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining o‘g‘irlikka suiqasd qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

© GUVD TashkentaMaqsudxo‘jayev Islombek Karimjon o‘g‘li
Maqsudxo‘jayev Islombek Karimjon o‘g‘li - Sputnik O‘zbekiston
Maqsudxo‘jayev Islombek Karimjon o‘g‘li

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Internet foydalanuvchilari Toshkent shahar IIB tomonidan taqdim etilgan fotosuratda tasvirlangan shaxs rossiyalik taniqli xonanda Dima Bilanga o‘xshab ketishi haqida fikr bildirishdi.

Yangiliklar lentasi
0