Endi soliqni elektron shaklda to‘lash mumkin

CC BY-SA 2.0 / Ken Teegardin / Kalkulyator
Kalkulyator - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Soliq to‘lovchi shaxsiy kabinetini faollashtirgach, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan huquq va majburiyatlarini bajarish bo‘yicha o‘zaro munosabatlar faqat elektron shaklda amalga oshiriladi

TOShKENT, 11-avgust — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi "Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti" degan 221-modda bilan to‘ldirildi, deb yozadi "Jahon" AA. Ushbu modda asosida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti tushunchasi kiritildi va soliq to‘lovchilar bilan munosabatlarni elektron shaklda amalga oshirish uchun huquqiy asos yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasidan ma’lum qilishlaricha, qo‘mita mutaxassislari soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetini yanada takomillashtirish bo‘yicha izchil ishlar olib bormoqda. Soliq to‘lovchi fiskal organlarga yuboradigan soliq majburiyatlarini bajarish yoki uni rad etish bilan bog‘liq xat va ma’lumotlarni jo‘natish imkoniyati joriy qilinmoqda.

Pismenniy nabor glavi gosudarstva - Sputnik O‘zbekiston
Prezident soliq xizmati organlari faoliyatiga oid qarorni imzoladi

Bu boradagi ishlar O‘zbekiston prezidentining "Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida belgilangan talablarga to‘la mos keladi. Mazkur hujjatda davlat soliq xizmati organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga doir qator vazifalar belgilangan.

Shundan kelib chiqqan holda va soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetini takomillashtirish maqsadida qo‘shimcha yangi vazifalarni tatbiq etish rejalashtirilgan. Shaxsiy kabinetga elektron raqamli imzo kalitisiz kirish va unda ishlash imkoniyati shular jumlasidandir. Endi soliq to‘lovchi shaxsiy kabinetini faollashtirgach, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan huquq va majburiyatlarini bajarish bo‘yicha o‘zaro munosabatlar faqat elektron shaklda amalga oshiriladi.

Joriy etilayotgan texnologiyalar davlat xizmatlari ko‘rsatish tezkorligini oshirish hisobidan aholi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, axborot almashish va tarqatish tezligini oshirish hisobidan fiskal organlarning o‘z vazifalarini bajarish samaradorligini kengaytiradi, axborot almashish borasida zamonaviy mexanizmlarga o‘tishni osonlashtiradi.

Yangiliklar lentasi
0