Prezident "Dalnee" konida tamal toshini qo‘yish marosimida ishtirok etdi

© uzbekistan24.uzV Almalike zalojili osnovu dlya shaxti "Dalnyaya"
V Almalike zalojili osnovu dlya shaxti Dalnyaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Dalnee" konini o‘zlashtirish investitsion loyihasi O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 1-martdagi "Dalnee" koni negizida "Olmaliq KMK" AJ" ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori asosida bosqichma-bosqich 2017-2028 yillar davomida amalga oshiriladi.

TOShKENT, 11-avgust — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rivojlanishining 2-bosqichi investitsion loyihasi negizida "Dalnee" konida tamal toshini qo‘yish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda uzbekistan24.uz xabar bermoqda.

Marosimda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi va majmuaga tantanali ravishda tamal toshi qo‘yildi. Davlat rahbari ushbu yirik loyiha O‘zbekiston tog‘-kon metallurgiya sohasida yangi bosqich bo‘lishini aytib o‘tdi.

Razliv medi - Sputnik O‘zbekiston
Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 31 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi

Shuningdek, Olmaliq shahar hokimiga hudud infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy ko‘pqavatli uylar qurish vazifasini qo‘ydi. Yangi park, bozorlar, ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Konchi, mehnatkashlar bilan uchrashdi, ularning tashabbus va takliflari bilan qiziqdi.

"Dalnee" konini o‘zlashtirish investitsion loyihasi O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 1-martdagi "Dalnee" koni negizida "Olmaliq KMK" AJ" ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori asosida bosqichma-bosqich 2017-2028 yillar davomida amalga oshiriladi.

Asosiy maqsad esa, "Olmaliq KMK" AJning barqaror rivojlanishi, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va kengaytirish, "Dalnee" konining mis-molibden rudalarini xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan, energiya samarador va ekologik meyorlarga javob beradigan zamonaviy texnologiyalar hamda jihozlar majmuasini qo‘llagan holda o‘zlashtirish hisobiga kombinatning xom-ashyo bazasini mustahkamlashdan iboratdir.

Yangiliklar lentasi
0