Hodisalar

Abu-Saxiy gipermarketida 500 ming soʻmni oʻgʻirlamoqchi boʻlgan ayol qoʻlga olindi

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan

TOSHKENT, 11 avgust — Sputnik. 8 avgust kuni ertalab muqaddam sudlangan Matluba Aminova Chilonzor tumanida joylashgan "Abu-Saxiy" gipermarketining doʻkonida Shirin Furkatova chalgʻiganligidan foydalanib, uning 500 ming soʻm pulini oʻgʻirlamoqchi boʻlgan vaqtida jinoyat joyida ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining oʻgʻirlikka suiqasd qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirgi vaqtda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala