Jamiyat

Samarqandga yana bir yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd qatnovi ishga tushiriladi

Yangi tezyurar poyezd qatnovi 12 avgust kunidan ish boshlaydi

TOSHKENT, 11 avgust — Sputnik. 12 avgust kuni "Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi Toshkent-Samarqand yoʻnalishi boʻyicha yana bir tezyurar poyezd qatnovini ishga tushiradi. Podrobno.uz xabariga asosan.

Jamiyat
Afrosiyob poyezdining umumiy narxi 8 ming yevro turadigan 4 ta oynasi sindirildi

Yangi poyezd haftasiga 3 marta juma, shanba va yakshanba kunlari yoʻlovchilarga xizmat qiladi.

Toshkentdan poyezd joʻnash vaqti ertalab soat 8-30 dan, Samarqanddan esa 17-00 dan belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" Ispaniyaning Talgo kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yoʻlovchi poyezdlaridan foydalanib kelmoqda. Ushbu zamonaviy yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd qadimgi Afrosiyob shahri sharafiga qoʻyilgan. Hozirgi kunda Toshkent-Qarshi, Toshkent-Buxoro, Toshkent-Samarqand yoʻnalishida muntazam qatnov amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda temir yoʻl kompaniyasi parkida 4 ta "Afrosiyob" poyezdi mavjud.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala