Dunyoda

Tramp AQSH diplomatlarining soni qisqartirilganligi uchun Putinga rahmat aytdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin prinimayet uchastiye v sammite "Gruppы dvadtsati" v Gamburge
Prezident RF V. Putin prinimayet uchastiye v sammite Gruppы dvadtsati v Gamburge - Sputnik Oʻzbekiston
Joriy yil 30 iyul kuni Rossiya hukumati tomonidan AQShning 755 nafar diplomatini vataniga qaytarish haqida qaror qabul qilingan

TOSHKENT, 11 avgust — Sputnik. AQSH Prezidenti Donald Tramp ilk marta Moskvaning Rossiyadagi diplomatik korpus vakillari sonini qisqartirish haqidagi qaroriga izoh berib oʻtdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

AQSH Davlat kotibi Reks Tillerson - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Donald Tramp aybdor: Reks Tillerson isteʼfo berishi mumkin

"Men prezident Vladimir Putinga minnatdorlik bildirmoqchiman, chunki biz oylik maosh bilan bogʻliq xarajatlarni kamaytirish niyatida edik, Putin esa koʻplab odamlarimizga javob berib yubordi. Ularning Rossiyaga qaytib borishiga asosli sabab yoʻq", — dedi Amerika prezidenti Donald Tramp.

Lekin AQSH davlat departamenti amerikalik dipmissiya vakillarini qisqartilishiga norozilik bildirgan. Tashqi siyosat idorasi rahbari Reks Tillersonning soʻzlariga koʻra, Vashington 1 sentyabr kuni javob choralarini qabul qiladi.

Joriy yil iyul oyi yakunida AQSH Kongressi Rossiya, Eron va Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanktsiyalar toʻgʻrisida qonun loyihasini qabul qilgan. Yangi cheklovlar yaqin vaqtlardagi Rossiya iqtisodiyotiga nisbatan eng jiddiyi hisoblanadi.

Eslatib oʻtamiz, 30 iyul kuni Putin AQShning 755 nafar diplomatini vataniga qaytarib yuborgan edi. Shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 1 sentyabrgacha yana 455 diplomatni qoʻyib yuborish taklifini kiritgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala