Jamiyat

Prezident sovgʻasi - Samarqandda imkoniyati cheklangan fuqarolarga uy-joylar berildi

© DarakchiV Samarkande maloimuщim semyam podarili doma
V Samarkande maloimuщim semyam podarili doma - Sputnik Oʻzbekiston
Xalq qabulxonalariga uy-joy soʻrab murojaat qilgan imkoniyati cheklangan, ehtiyojmand oilalarga yordam berish maqsadida Samarqand viloyati boʻyicha 16 fuqaroga ikki-uch xonali uylarning boshlangʻich toʻlovi davlat tomonidan toʻlab berildi

TOSHKENT, 12 avgust — Sputnik. Samarqand viloyatida uy-joyga muhtoj, jismoniy imkoniyati cheklangan 37 nafar fuqaroga Oʻzbekiston prezidentining sovgʻasi – yangilangan namunaviy loyihalar asosida bunyod etilgan uy-joylar topshirildi.

Joriy yilda uy-joyga ehtiyojmand, imkoniyati cheklangan 21 nafar xotin-qizga “Oʻzpaxtasanoat” aktsiyadorlik jamiyatining Samarqand viloyati hududiy filiali tomonidan tikuv mashinalari berilib, ular kasanachi sifatida ish bilan taʼminlangan edi. Ayni paytda ularning har biriga yangilangan namunaviy loyihalar asosida bunyod etilgan uy-joylar ajratildi, deb yozadi “Darakchi” nashri.

Prezident Shavkat Mirziyoyev podaril nujdayuщimsya klyuchi ot jilыx domov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga uy kalitlari topshirildi

Xalq qabulxonalariga uy-joy soʻrab murojaat qilgan imkoniyati cheklangan, ehtiyojmand oilalarga yordam berish maqsadida Samarqand viloyati boʻyicha 16 fuqaroga ikki-uch xonali uylarning boshlangʻich toʻlovi davlat tomonidan toʻlab berildi.

Viloyatda oʻtkazilgan mehr-muruvvat tadbirlari doirasida 700 nafardan ortiq imkoniyati cheklangan, yordamga muhtoj kishilarga nogironlik aravachasi, eshitish moslamasi va boshqa vositalar berildi.

Samarqand shahridagi Saxovat uyida yashayotgan kishilar holidan ham xabar olindi. Ular uchun dasturxon yozilib, kiyim-kechak va boshqa esdalik sovgʻalari berildi. Muassasada istiqomat qilayotganlarga qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy muzlatkich va konditsionerlar sovgʻa qilindi. Samarqandlik taniqli sanʼatkorlar ishtirokida kontsert dasturi namoyish etildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala