Deputat Dilfuza Jalilova haqida Feysbuk foydalanuvchilari: “Endi bir umr ko‘z qisib yurmasaydi”

© SputnikProsmotr rolika, v kotorom deputat ot partii "Milliy tiklanish" Dilfuza Jalilova podmigivayet
Prosmotr rolika, v kotorom deputat ot partii Milliy tiklanish Dilfuza Jalilova podmigivayet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Bittasi chiqib ko‘zini qisdi-yu, "Munosabat" ijtimoiy-siyosiy-yumoristik ko‘rsatuv maqomini oldi!”, - deb fikr bildirgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Anvar Namozov.

TOShKENT, 13 Avg — Sputnik. "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan saylangan deputat Dilfuza Jalilovaning efir vaqtidagi "ko‘z qisishi" tufayli Feysbuk foydalanuvchilari orasida muhokama hamon davom etmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Zasedanie Senata respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Ko‘zini qisgan deputat internet foydalanuvchilarining noroziligiga sabab bo‘ldi

"Bittasi chiqib ko‘zini qisdi-yu, "Munosabat" ijtimoiy-siyosiy-yumoristik ko‘rsatuv maqomini oldi!", — deb fikr bildirgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Anvar Namozov.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq "Munosabat" ko‘rsatuvidagi muloqot davomida O‘zbekistondan o‘g‘irlab olib chiqib ketilgan Chashmai Ayyub maqbarasi bo‘lagi borasida bahs yuzaga kelgan. Ushbu masala bo‘yicha deputatlarga "Qani Buxoro viloyati kengashining roli, Qonunchilik palatasi deputatlarining qonun ijrosi bo‘yicha nazorati qani?" deya savol berilgan.

Studiyadagilardan birining "Sizlarning rolingiz yo‘q" degan e’tiroziga, Oliy Majlis deputati Dilfuza Jalilova "Bor, bor, bor rolimiz" deya javob qaytargan. Shu so‘zlardan so‘ng u partiyadoshlari tomon yuzinib burib ko‘z qisgan.

Ushbu holat tasvirlangan videolavha internet tarmog‘ida tarqalib aksariyat foydalanuvchilar deputatning xatti-harakatidan so‘ng uning so‘zlarini yolg‘onchilik deya baholadilar.

"Bechora, ozib yozib bir marta televideniyega chiqib Feysbuk yulduziga aylanib qoldilarku deputat xonim.. Uyat… Juda ham xunuk ko‘rinar ekan, tilim lol", —deya fikr bildirgan Matluba Abduraimova.

"Mashhur bo‘lish uchun bir marta ko‘z qisish yetarkanu", degan yana bir foydalanuvchi.

Mitti Moychechak nikli foydalanuvchi esa endi deputat Jalilova bir umr ko‘z qisib yurishga majbur bo‘lmasaydi, deya havotir olgan.
"Endi bu deputat opamiz o‘zini oqlash uchun "meni ko‘zim o‘zi shunaqa" deb butun umr ko‘z qisib yurishga majbur bo‘lmasaydi", — deb yozgan u.

Yangiliklar lentasi
0