Mirziyoyev Markaziy bank raisining o‘rinbosarini tayinladi

Obuna bo‘lish
Mazkur lavozimni ilgari valyuta ayriboshlash operatsiyalari Maxsus boshqarmasi rahbari bo‘lib ishlagan Botir Zaxidov egalladi

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Botir Erkinovich Zaxidov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston Hukumat portali.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PF-5149-son farmoniga muvofiq Botir Erkinovich Zaxidov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi", — deyiladi xabarda.

Botir Zaxidov bunga qadar valyuta ayriboshlash Maxsus boshqarmasi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

Yangiliklar lentasi
0