Toshkentda tezlikni oshirgan 200 nafarga yaqin haydovchi aniqlandi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishKompleks avtofiksatsii narusheniy PDD
Kompleks avtofiksatsii narusheniy PDD - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 12-avgust kuni jami 334 ta huquqbuzarlik qayd etilgan

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Joriy yil 12-avgust kuni Toshkent shahri hududida 5 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etildi, deb xabar qildi Toshkent IIBB.

Uzbekskie sumi - Sputnik O‘zbekiston
Abu-Saxiy gipermarketida 500 ming so‘mni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Mazkur yo‘l-transport hodisasida 7 nafar shaxs tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q.

Shu kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2515 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan 656 tasini qo‘pol turdagi, 33 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 12-avgust kuni jami 334 ta huquqbuzarlik qayd etilgan bo‘lib, shulardan 152 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 182 tasini belgilangan meyordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0