Siyosat

Bosh vazir Aripov Qirgʻizistonda chegara masalasida muzokara oʻtkazadi

© Sputnik / Dmitriy AstaxovOʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov
Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov - Sputnik Oʻzbekiston
Muzokaralar davomida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish kutilmoqda

TOSHKENT, 15 avg — Sputnik. 2017-yilning 16-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Qirgʻiziston Respublikasida boʻladi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Tashqi ishlar mahkamasi matbuot-xizmati.

Kpp na granitse - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Namanganda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegara masalasini muhokama qiladi
"Oʻzbekiston delegatsiyasi Bishkek shahrida boʻlib oʻtadigan Ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha va Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boʻyicha Oʻzbekiston-Qirgʻiziston hukumatlararo komissiyalari majlislarida ishtirok etadi", — deb qoʻshimcha qilingan xabarda.

Qirgʻiziston tomonidan Hukumatlararo komissiyalarning hamraisi Qirgʻiziston Respublikasi Bosh vaziri Soorobay Jeenbekov ekanligi aytilgan.

Muzokaralar davomida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish kutilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala