Jamiyat

Qoʻqon-Margʻilon-Andijon elektrichkasi kuniga ikki marta qatnay boshlaydi

Hozirda ushbu yoʻnalish boʻyicha kuniga bir marotaba qatnovlar qatʼiy jadval asosida muntazam amalga oshirilmoqda

TOSHKENT, 15 avgust — Sputnik. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi shu yilning oktyabr oyida Qoʻqon-Margʻilon-Andijon elektrichkasi qatnovlarini kuniga ikki marotaba amalga oshirish rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Elektrichka - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Qoʻqon, Margʻilon va Andijon orasida elektrichka qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

Hozirda ushbu yoʻnalish boʻyicha kuniga bir marotaba qatnovlar qatʼiy jadval asosida muntazam amalga oshirilmoqda.

Jumladan, soat 06:22 da Qoʻqon vokzalidan joʻnagan poyezd soat 9:12 da Andijon vokzaliga yetib bormoqda. Yoʻl davomida elektrichka Qaqir, Furqat, Oltiariq, Margʻilon, Quva va Asaka stantsiyalarida toʻxtab oʻtadi. Andijondan joʻnash vaqti soat 16:45 da Qoʻqonga yetib borish vaqti esa 19:30 da.

Yoʻnalish boʻylab harakatlanish vaqti jami 3 soatu 10 daqiqani tashkil etadi. Harakat tarkibi bir vaqtning oʻzida 330 nafar yoʻlovchini tashish imkoniga ega. Elektrichka 7 ta vagondan iborat boʻlib, vagonlarning barchasi konditsioner bilan jihozlangan.

Eslatib oʻtamiz, 8 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Qoʻqon – Margʻilon – Andijon yoʻnalishida elektrichka qatnovi yoʻlga qoʻyilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala