Jamiyat

Oʻzbek avtosanoati 2016 yilda 30,7 mlrd soʻm daromad qildi

© Novosti UzbekistanaKak delayut avtomobili GM Uzbekistan
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Koʻrilgan daromadning yarmi davlat ulushi boʻyicha dividendlarni toʻlashga yoʻnaltirilgan

TOSHKENT, 15 avgust — Sputnik. 2016 yilda respublika avtomobilsozlik sanoati korxonalari 30,7 mlrd soʻm daromad koʻrdi, deb xabar qilmoqda "Oʻzavtosanoat" AJ.

Avtoprom - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Mirziyoyev oʻzbek avtosanoatini isloh qilishni boshladi

Koʻrilgan daromadning yarmi —15,3 mlrd soʻmdan ortiqrogʻi — davlat ulushi boʻyicha dividendlarni toʻlashga yoʻnaltirilgan.

Xabarda aytilishicha, sof daromadning 45%i —13,8 mlrd soʻmdan ortiqrogʻi — 2017-2021 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish dasturi doirasida avtosanoatga yoʻnaltirish uchun qoldirildi.

2017-2021 yillarga moʻljallangan avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish dasturi umumiy qiymati 835 mln dollarlik 51 investitsion loyihani amalga oshirishni oʻz ichiga oladi. Xususan, ikkita yangi yengil avtomobil modelini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqarishni oʻzlashtirish rejalashtirilmoqda.

2021 yilga kelib ishlab chiqarish hajmi 3 baravarga oshishi, importning ishlab chiqarish hajmiga nisbati 12,5%ga qisqarishi, sohada band boʻlganlar soni 29,4 ming nafarga yetishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala