Ipoteka kreditlari uchun 6ta bank 1,6 trln so‘mdan ortiq pul ajratadi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishKvartira v novostroyke
Kvartira v novostroyke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kreditlar uch yil imtiyozli davr bilan 15-yilgacha muddatga beriladi

TOShKENT, 15-avgust — Sputnik. Respublikadagi oltita yirik bank 2017-yil oxirigacha namunaviy uy-joy sotib olishda aholiga imtiyozli kredit berish uchun 1,6 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ ajratadi, deb ma’lum qildi Iqtisodiyot vazirligidagi manba Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.

Znak protsenta - Sputnik O‘zbekiston
Ilg‘or pedagoglarga imtiyozli ipoteka va iste’mol kreditlari ajratish joriy etiladi

O‘zbekistonda bu yil 15 mingta namunaviy uy-joylar qurilishi asnosida bank kreditlari o‘zlashtiriladi. Suhbatdoshning aytishicha, bunga fuqarolarning 478 milliard so‘m miqdorida qo‘shimcha mablag‘lari ham jalb etiladi.

"Moliyalashtirishning asosiy qismini 6985ta uy qurilishi uchun 796 milliard so‘mga yaqin mablag‘ ajratuvchi "Qishloq qurilish bank" o‘z zimmasiga oladi. Bugungi kunga kelib bank "Qishloq qurilish invest" ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasi hisob raqamiga 4743ta uy qurish uchun 544,2 milliard so‘m o‘tkazgan bo‘lib, bundan 389 milliard so‘mi imtiyozli ipoteka kreditlari, 154,6 milliard so‘mi aholi mablag‘laridir", — dedi manba.

Bundan tashqari, bank bu yil Islom taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan Buxoro va Namangan viloyatlarida uy-joylar qurish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirishni joriy etdi. Bu umumiy hajmi 100 million dollar bo‘lgan kredit liniyasi bo‘lib, joriy yilda 40 million dollar o‘zlashtirilishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, imtiyozli ipoteka dasturiga "Qishloq qurilish bank" ATB, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, "Ipoteka bank" ATIB, "Xalq banki" ATB, "Asaka bank" ATB va "O‘zsanoatqurilish" ATB jalb etilgan. Kreditlar uch yil imtiyozli davr bilan 15-yilgacha muddatga beriladi.

Yangiliklar lentasi
0