Migratsiya

Rossiyadagi oʻzbek migrantlari bir oyda oʻrtacha necha pul topishi maʼlum boʻldi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishRabochiye na stroitelnoy ploщadke, arxivnoye foto
Rabochiye na stroitelnoy ploщadke, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyadagi xorijiy ishchilarning oʻrtacha daromadi rossiyaliklarning oʻrtacha oylik maoshiga (35,8 ming rubl) yaqinlashib qolgan

TOSHKENT, 15 avgust — Sputnik. Rossiyada qonuniy asosda ishlovchi oʻzbekistonlik migrantlar bir oyda oʻrtacha 29 ming rubl, noqonuniy migrantlar esa 27,2 ming rubl ishlashadi, deb xabar bermoqda RIA Novosti "Rossiya dlya vsex" portaliga asoslanib.

Avtomat momentalnoy oplatы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Milliy bank migrantlar uchun pul oʻtkazmalari tizimini ishga tushirmoqda

Rossiyada ishlayotgan mehnat migrantlari orasida eng kam pulga ishlovchilar esa tojikistonliklar ekan. Qonuniy asosda ishga joylashgan tojikistonliklar oyiga oʻrtacha 27,9 ming rubl, noqonuniy migrantlar esa 25,1 ming rubl topishadi.

Rossiyada ishlash uchun ruxsatnoma talab qilinmaydigan qirgʻizistonliklar esa mos ravishda 29,3 ming va 27,2 ming rublga ishlashadi.

Aytilishicha, Rossiyadagi xorijiy ishchilarning oʻrtacha daromadi rossiyaliklarning oʻrtacha oylik maoshiga (35,8 ming rubl) yaqinlashib qolgan. Tadqiqotchilarning qayd etishlaricha, Rossiyada qonuniy ishlovchi ozarboyjon va gruzinlarning oʻrtacha oylik daromadi 35,9 ming rublni tashkil etadi.

Bunda migrantlarning ish haftasi davomiyligi rossiyaliklarnikiga nisbatan bir yarim baravar koʻproq – 39,6 soat oʻrniga 59 soat.

Rabota v tsexe shveynoy fabriki - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi chevarlarni Rossiyada ishlashga taklif qilmoqda

Rossiyada ishlovchi xorijliklarning uchdan bir qismi ulgurji va chakana savdo, avtotransport va maishiy buyumlarni taʼmirlash, 13,9%i kommunal, ijtimoiy va xususiy sohalarda ishlaydi. Qurilishda ishlaydigan migrantlar ulushi 2011 yildagi 23,1%dan 16,4%ga qisqargan.

Soʻrovlarda maʼlum boʻlishicha, oʻzbekistonliklarning 53,1%i ish joyida rus tilidan asosiy til sifatida foydalanmaydi. Tojiklarda bu koʻrsatkich 53,8%ni tashkil etadi. Doʻstlari davrasida esa oʻzbeklarning 13,6%i, qirgʻizlarning 13%i va tojiklarning 12,9%i ruscha gaplashadi.

Soʻrovda qatnashgan migrantlardan Rossiyada bir umrga qolish haqidagi fikrlari ham soʻralgan. Oʻzbekistonlik migrantlarning 19,9%i, qirgʻizistonliklarning 24,8%i va tojikistonliklarning 35,2%i Rossiyada bir umr qolish niyatidaligini bildirishgan.

MDH mamlakatlaridan Rossiyaga kelgan migrantlar orasidagi soʻrovnoma shu yilning fevral-mart oylarida 8,7 ming kishi oʻrtasida oʻtkazilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala