Hodisalar

FVV: Qashqadaryoda gaz tashuvchi avtomobilga gaz toʻldirish vaqtida chaqnash sodir boʻldi

"Qarshi-Bishkent" avtomobil yoʻlining 6-7 km orasida "MAN" rusumli suyultirilgan gaz (propan) tashuvchi avtomobildan "ZIL-130" rusumli suyultirilgan gaz tashuvchi avtomobilga suyultirilgan gaz toʻldirish vaqtida chaqnash sodir boʻlgan

TOSHKENT, 15 avg — Sputnik. Oʻzbekiston FVV joriy yil 15 avgust kuni Qashqadaryo viloyatida sodir boʻlgan gaz tashuvchi avtomobil bilan sodir boʻlgan hodisa haqida rasman izoh berdi.

Hodisalar
Qashqadaryoda gaz tashuvchi yuk mashinasi portlab ketdi

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 15 avgust kuni taxminan 00:25 larda Qarshi tumanidagi «Janubgaz» AJ ga qarashli yopiq avtogaraj hududidagi "Qarshi-Bishkent" avtomobil yoʻlining 6-7 km orasida "MAN" rusumli suyultirilgan gaz (propan) tashuvchi avtomobildan "ZIL-130" rusumli suyultirilgan gaz tashuvchi avtomobilga suyultirilgan gaz toʻldirish vaqtida chaqnash sodir boʻlgan.

Natijada, "ZIL-130" rusumli yuk avtomobil haydovchisining yordamchisi tan jarohati olgan.

Hozirda, jabrlangan fuqaro Qarshi shahridagi Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga yotqizilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala