Hodisalar

Issiq-Koʻlga dam olishga borgan erkak oʻz xotinini boʻgʻib oʻldirdi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovErkak ayol kishini boʻgʻyapti
Erkak ayol kishini boʻgʻyapti - Sputnik Oʻzbekiston
Qotillik sodir etish arafasida erkak xotini bilan spirtli ichimlik ichgan

TOSHKENT, 15 avg — Sputnik. Bishkeklik erkak Issiq-Koʻlda ijaraga olgan xonasida oʻz jufti xalolini boʻgʻib oʻldirdi, deb xabar berdi Sputnik Qirgʻiziston.

Xabarga koʻra, 14 avgust kuni Qirgʻiziston poytaxtida istiqomat qiluvchi 49 yashar erkak oʻzining 36 yashar xotinini oʻldirib qoʻyganligini tan olib politsiya mahkamasiga kelgan.

Hodisalar
Yunusoboddagi yerosti yoʻlagida sodir etilgan qotillik tafsilotlari maʼlum boʻldi
Maʼlum boʻlishicha, 11 avgust kuni er-xotin Tomchi qishlogʻiga kelishgan va xususiy uylarning birida bir xonani ijaraga olishgan. Juftlik dam olish kunlarini shu yerda oʻtkazishga qaror qilgan boʻlgan. 12 avgust kuni taxminan 22.30larda spirtli ichimlik ichib oʻtirgan er-xotin janjallashib qolishgan.

Ertasi kuni erkak xona eshigini qulflab, ijarachiga yana bir kun uchun haq toʻlagan va Bishkekka qarab yoʻl olgan. Shaharga keliboq sodir etgan jinoyati haqida militsiya xodimlariga xabar qilgan. Erkak shu zahoti hibsga olingan, ayolni jasadi esa aytilgan joydan topilgan va morgga olib ketilgan.

Ayni vaqtda tergov ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala